Samarqandning Pastdarg‘om tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 19 aprel kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan Vahobjon Abdug‘aniyevich Murodqobilov nomzodi Pastdarg‘om tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Vahobjon Murodqobilov 1974 yilda Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati vazifasida faoliyat olib borgan. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida boshqarma boshlig‘i, Qurilish vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK bosh direktori vazifalarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avval Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Vahobjon Abdug'anievich Murodqobilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing