Samarqandlik “tadbirkor” Umar Rajabov 11 yilga, o‘g‘li 8,5 yilga qamaldi

Jamiyat

image

Samarqandlik taniqli "tadbirkor", “Umar” qurilish kompaniyasi rahbari, xalq orasida Umar nomini olgan Olim Rajabov sud hukmiga ko‘ra 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Matbuot xizmati rahbari Aziz Abidov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Bugun, 4 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida sudlanuvchilar:

Olim Rajabov (1963 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati - tojik, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - o‘rta, muqaddam sudlangan); 

Ruslan Rajabov (1988 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati - tatar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta-maxsus, muqaddam sudlangan);

Shavkat Ablaqulov (1973 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, muqaddam sudlanmagan); 

Miralam Adilov (1964 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati - tojik, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, muqaddam sudlangan);

Fayzullo Fayziyev (1968 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, muqaddam sudlangan)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi Zarifa Axmedova raisligida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra:

Tadbirkor Olim Rajabov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tashlik uchun 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Ruslan Rajabov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tashlik uchun 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Shavkat Ablaqulov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tashlik uchun 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Miralam Adilov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tashlik uchun 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Fayzullo Fayziyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tashlik uchun 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi belgilandi.

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Eslatib o‘tamiz, “Umar” qurilish kompaniyasi qurgan uylar atrofidagi mojarolar 2 yildan buyon davom etayotgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular ruxsatnoma olmasdan turib uy-joylar qurishni boshlagan va bo‘lajak xaridorlardan 900 million so‘mdan ortiq naqd pul mablag‘ yig‘ib olgan. Ushbu holat yuzasidan Umar Rajabov va uning hamkorlari O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3, 4-bandlarida (firibgarlik) ko‘zda tutilgan jinoyatda ayblanib 2019 yilning fevral oyida hibsga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Umar Rajabov

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing