Samarqandlik otaxon qo‘shnilarining molini so‘yib sotib yubordi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Payariq tumanida qo‘shnilarining molini o‘g‘irlab, sotib yuborgan otaxon 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Keltirilishicha, otaxon qo‘shnilarning chorvasini o‘g‘irlab, shaharga olib kelgan va so‘yib sotib yuborgan. Joriy yilning 19 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tumani sudida yoshi 60 dan oshgan otaxonning ishi ko‘rib chiqilgan. Sud zalida salkam 6 oy qamalib chiqqan otaxon qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirgan.

Jinoyat ishi hujjatlari o‘rganib chiqilib, jabrlanuvchilarning qarzlari yopilgani va otaxonning nafaqa yoshida ekani inobatga olinib, unga nisbatan 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing