Samarqandga yangi soliqboshi tayinlandi

Jamiyat

image

Sobirjon Mahmudovich Rustamov Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.

Sobirjon Rustamov 1968 yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi yuridik shaxslarni soliqqa tortish, tushumini tahlil va nazorat qilish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori lavozimidan boshlagan.

U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Avvalroq, Abdulla Azizov va Fazliddin Umarov Davlat soliq qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

soliq Samarqand

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing