Samarqanddagi YTHda ikki IIB xodimi va bir yo‘lovchi vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 23 iyun kuni Samarqand viloyati Toyloq tumani markazida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki nafar Ichki ishlar boshqarmasi xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 00:30 atrofida Toyloq tumani Charog‘bon mahallasi hududidan o‘tuvchi A-377 avtomobil yo‘lining 7 kilometrida sodir bo‘lgan. Toyloq tumani IIB HPB profilaktika inspektori leytenant M.X. boshqaruvidagi Nexia-2 avtomobili yo‘lning Urgut yo‘nalishi tomon qayrilayotgan vaqtida, qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan Toyloq tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro A.P. boshqaruvidagi Malibu avtomobili bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia-2 mashinasida bo‘lgan M.X., yo‘lovchilari Toyloq tumani IIB HPB katta profilaktika inspektori mayor R.R. hamda Toyloq tumanida yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.M.lar olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Nexia-2 mashinasining qolgan yo‘lovchilari — Toyloq tumanida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan A.I. va 1994 yilda tug‘ilgan N.M. hamda Malibu mashinasi haydovchisi A.P., yo‘lovchilari Toyloq tumanida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan A.M. va 2004 yilda tug‘ilgan A.R. tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan 23 iyun kuni Toyloq tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand IIB

Baholaganlar

725

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing