Samarqanddagi to‘yda 11 kishi ovqatdan zaharlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 18 iyul kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida bo‘lib o‘tgan to‘y marosimida 11 kishi ovqatdan zaharlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kecha, 19 iyul kuni marosimda mehmon sifatida qatnashgan 56 yoshli ayol “O‘tkir ovqat toksikoinfeksiyasi” tashxisi bilan shifoxonaga murojaat qilgan. 

Bemor ayolga tez tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bir vaqtda yuqumli kasalliklar bo‘limi patronaj xizmati tomonidan ushbu ayol bilan to‘yda ishtirok etgan bir nechta fuqarolarning xonadonlariga borilgan va ular yuqumli kasalliklar bo‘limiga taklif qilinib, ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Tekshirish natijasida ular ichidan yana 10 nafar (9 nafari ayol, 1 nafari erkak) fuqaroga “Yengil ovqat toksikoinfeksiyasi” tashxisi qo‘yilgan. 

Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordam natijasida ularning sog‘lig‘i to‘liq yaxshilangan va 20 iyul kuni uylariga ketishiga ruxsat berilgan.

“Hozirda shifoxonada faqatgina dastlab murojaat qilgan bemor ayolga tibbiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda va uni ham sog‘lig‘i yaxshilanib kelayotgani aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

“Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holatda 200 ga yaqin odam zaharlangani haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz”, deya qo‘shimcha qilgan Bosh prokuratura matbuot kotibi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand ovqatdan zaharlanish

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing