Samarqanddagi shifoxonada chaqaloq bedarak yo‘qoldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda qashqadaryolik er-xotinning Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan holatlardan norozi bo‘lib qilgan videomurojaati e’lon qilindi.

Unda Chiroqchi tumanida tug‘ilgan chaqaloq davolanish uchun Samarqand viloyatidagi shifoxonaga olib borilgani va u yerda dom-daraksiz yo‘qolgani, Z.Jovliyeva ayni kunda farzandining na tirik va na o‘lik ekanini bilmasligi, Samarqand shahar Ichki ishlar bo‘limi tergovchisi ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishini yopib yuborgani bayon qilingan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 124-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. 

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, harakatdan tugatilgan.

Ushbu qaror va ish hujjatlari Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilganida, barcha holatlarga huquqiy baho berilmasdan, barvaqt qaror qabul qilingani bois, kecha, 12 oktyabr kuni qaror bekor qilinib, qo‘shimcha tergov harakatlari o‘tkazish uchun shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limiga yuborilgan.

Tergov ustidan prokuror nazorati o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand chaqaloq

Baholaganlar

828

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing