Samarqanddagi oshxonada yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
10 mart 6513 1 daqiqa
Bugun, 10 mart kuni Samarqand viloyatining Samarqand shahrida joylashgan oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 09:33 da “Birdamlik” MFY Gulobod ko‘chasida joylashgan “Xakimov Farrux” OKga qarashli oshxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar berilgan.
Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga soat 09:36 da yetib borib, soat 10:10 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida oshxona shift qismi va ichki jihozlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr