Samarqanddagi milliy bog‘da noqonuniy qurilgan 11 ta bino buzib tashlandi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida 11 ta noqonuniy qurilgan bino buzib tashlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan 2021-2022 yillar mobaynida Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududidagi 39,8 gektar yer maydoni 57 nafar jismoniy va yuridik shaxsga ijara bitimi hamda shartnomaga asosan dam olish maskani qurish uchun ajratib berilgan. 

Biroq ushbu hududda yana 11 nafar fuqaro va yuridik shaxs o‘zboshimchalik bilan turli binolar qurib olgani aniqlangan. 

Fuqarolik va iqtisodiy sud qarorlariga muvofiq mazkur noqonuniy qurilmalar – og‘ir rekonstruksiyali binolar, devor va to‘siqlar bosqichma-bosqich maxsus texnikalar yordamida buzdirib tashlangan. 

Aniqlangan boshqa holatlar yuzasidan Bosh prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atib, qo‘shimcha tarzda o‘rganish ishlari olib bormoqda. 

Shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bosh prokuratura va “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i mas’ullari hamkorligida hududdagi buzilgan binolar o‘rni tozalanib, o‘rniga manzarali daraxtlar ekilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Zarafshon milliy tabiat bog'i noqonuniy bino dam olish maskani o'zboshimchalik Fuqarolik va iqtisodiy sud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing