Samarqanddagi maktablarda o‘qish ikki hafta kech boshlanadi
Jamiyat
−
29 avgust 2022 10993 1 daqiqa
Samarqand shahridagi maktablarda o‘quv jarayoni 19 sentyabr sanasidan boshlanadi. Bu haqda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
O‘quv jarayonining boshlanishi joriy yil sentyabr oyida shahar Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining oliy darajadagi navbatdagi Sammiti, shuningdek qator xorijiy mamlakat rahbarlarining rasmiy tashriflariga mezbonlik qilishi bilan bog‘liq.
“Mazkur jarayonlar va tadbirlar o‘tkaziladigan hududlarga yaqin joylarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, aholiga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari joriy yilning 19 sentyabr sanasidan boshlanishini ma’lum qilamiz”, deyiladi boshqarma xabarida.
Qayd etilishicha, Samarqand shahridagi maktab o‘quvchilarining qoldirilgan dars soatlari o‘quv yili davomida ta’tillar hisobidan to‘ldiriladi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr