Samarqanddagi maktab qozonxonasi portladi. Bir kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 2 yanvar kuni, taxminan, soat 00:20 da Samarqand shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qozonxonasining isitish tizimida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyati IIB xabar berdi.

Portlash natijasida maktabning qozonxona nazoratchisi 50 yoshli H. tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat bo‘limiga yotqizilgan. 

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bemor shifoxonada vafot etgan.

Hodisa yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing