Samarqanddagi konserva zavodida yong‘in chiqdi

Jamiyat

image

Kecha, 24 oktyabr kuni Samarqanddagi konserva zavodi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

"Spitamen shox" ko‘chasida joylashgan konserva zavodining omborida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in haidagi xabar soat 20:20 da kelib tushgan. FVV hududiy boshqarmasinig 10 ga yaqin yong‘in-qutqaruv guruhlari yong‘in sodir bo‘layotgan joyga 3 daqiqada yetib borgan. Ular 50 daqiqa ichida yog‘och materiallari va boshqa buyumlar bo‘lgan omborxonada chiqqan alangani bartaraf etishgan.

Yong‘inning umumiy maydoni 650 kv metr. 

Yong‘indan tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Samarqand

Baholaganlar

138

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing