Samarqanddagi Bulvar hududida 3 ta qadimiy chinor kesildi (video)
Jamiyat
−
08 Sentabr 2025 9656 2 daqiqa
Kecha, 7 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahri Universitet xiyoboni (Bulvar) Oqsaroy ko‘chasidan Amir Temur maqbarasiga qarab kirish yo‘lining o‘ng tomonidagi uch tup 1000 yillik chinor kesilgani haqidagi xabarlar tarqaldi va jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimligi va Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hodimlari ishtirokida tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan.
Unda ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahar Universitet xiyoboni Oqsaroy ko‘chasidan “Go‘ri Amir” maqbarasiga qarab kirish yo‘lining o‘ng tomonida ekilgan uch tup chinor daraxtlari ko‘p yillar davomida turgani sabab, tashqi ta’sirlar oqibatida hozirgi kunda o‘zining mustahkamlik xolatini yo‘qotgan. Ularning tanasida g‘ovaklar paydo bo‘lib, yo‘l tomonga 40 darajaga og‘ib qolishi oqibatida insonlar hayoti uchun xavflilik darajasi yuqori bo‘lib qolgani aniqlangan.
“Bu holat Respublikamizda kuzatiladigan iqlim o‘zgarishi va boshqa tabiiy omillar ta’siri oqibatida “Go‘ri Amir” maqbarasiga ziyoratga keladigan shahrimiz mehmonlari, turistlar va ko‘p sonli aholini jabrlanishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu boisdan, mazkur daraxtlarni insonlar hayoti va mol-mulkiga ziyon yetkazish darajasi yuqori bo‘lganligi hisobga olinib, Ekologiya boshqarmasi xulosasiga binoan, kesib olinadi va o‘rniga yangidan huddi shunday chinor daraxtlari ekilishini ma’lum qilamiz” deyiladi Ekologiya boshqarmasi munosabatida.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning 22 avgust kuni viloyat Ekologiya boshqarmasi ushbu daraxtlarni kesish uchun ruxsatnoma bergan. Ruxsatnomada kesilgan daraxt uchun qimmatligi jihatidan 10 tup daraxt ekish va 2 yil davomida parvarish qilish sharti bilan, keng jamoatchilikni jalb qilgan holda kesishga ruxsat etilishi qayd etilgan.

“Kesilgan chinor daraxtlari o‘rniga qimmatliligi jixatidan 10 tup 5 yoshdan katta bo‘lgan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi zimmasiga yuklatiladi hamda mas’ul hisoblandi”, deyiladi ruxsatnomada.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Qibray tumani Botanika mahallasida 3 tup gilos va 3 tup o‘rik daraxti hamda 1 dona siren butasi – jami 7 dona daraxt tuman Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish bo‘limi mas’ullari ishtirokida kesilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025