Samarqandda 4 balli zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
15 noyabr 2022
8798O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan bugun, 15 noyabr kuni soat 18:58 da (15.11.2022 yil, Grinvich bo‘yicha 13:58 da)3,6 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila epitsentri Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida, 15 km chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 39,81 gradus shimoliy kenglik; 65,56 gradus sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Paxtachi tumanida 4 ball, 8 km.
Karmana tumanida 3 ball, 35 km.
Navoiy shahrida 3 ball, 36 km.
Narpay tumanida 3 ball, 38 km.
Nurobod tumanida 2-3 ball, 42 km.
Navbahor tumanida 2-3 ball, 50 km.
Xatirchi tumanida 2-3 ball, 53 km.
Qiziltepa tumanida 2 ball, 55 km.
Muborak tumanida 2 ball, 63 km.
Kattaqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 65 km.