Samarqandda “zapravka” yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 5 may kuni Samarqand viloyatining Samarqand shahrida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favlqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 11:13 da Samarqand shahar Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni qisqa fursatda to‘liq bartaraf etgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahar “Bo‘ston” MFY Usmon Nosir ko‘chasida joylashgan xo‘jalik mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Samarqand zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing