Samarqandda “zamnalog” va sobiq “zamhokim” pora bilan tushdi
3-sahifa
−
13:02 4328 2 daqiqa
Samarqand viloyatida pora evaziga fermerning qarzini yopib bermoqchi bo‘lgan soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va lavozimdaligidan foydalanib tanishini ishga joylashni va’da qilgan sobiq hokim o‘rinbosari qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.
Bildirilishicha, Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida faoliyat yurituvchi “Buxgalteriya markazi” davlat muassasasi hisobchisi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalikka nisbatan hisoblangan 150 million so‘mlik soliq qarzdorligini o‘zining mansabdor tanishi orqali kamaytirib berishni va’da qilib, uning rahbaridan dastlab 3 million so‘m olgan.
So‘ngra, u fermerdan qo‘shimcha tarzda 15 million so‘m talab qilib, ushbu pul mablag‘ini Bulung‘ur tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari bilan birga olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
2025 yilda Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan shaxs o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, 1986 y.t. fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 14 million so‘m olgan. Biroq u bergan va’dasini bajarmagan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda hozirda sobiq hokim o‘rinbosari bo‘lgan mazkur shaxs muqaddam olgan pul mablag‘i hisobidan 1000 AQSH dollarini qaytarib bergan vaqtida, uning noqonuniy harakati fosh etilgan va qo‘lga olingan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida tadbirkorning ishini hal qilib berish evaziga 2 200 AQSH dollar pora talab qilgan inspektor ushlangan edi.
Live
Barchasi