Samarqandda yuz bergan YTHda 4 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 18 avgust kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 4 kishi vafot etdi. Bu haqda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda. 

Samarqand viloyati, Urgut tumani “Baxrin” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1114-kilometrida haydovchi 1999 yilda tug‘ilgan D.A. “ZIL-MMZ-554” rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning xavfli burilish joyida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi 1988 yilda tug‘ilgan A.J. boshqaruvidagi Cobalt rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada Cobalt avtomobili haydovchisi 32 yoshli A.J. va yo‘lovchisi 49 yoshli A.Sh.lar tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan. Yo‘lovchilar 13 yoshli N.T. va 5 yoshli I.B.lar tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etishgan.

Shuningdek, ushbu avtomobil yo‘lovchilari 45 yoshli L.M., 29 yoshli M.X. va 3 yoshli A.B.lar tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

YTH yuz bergan joyda 1.12.2 – “Xavfli burilishlar” ogohlantiruvchi yo‘l belgisi o‘rnatilgan. “ZIL-MMZ-554” yuk avtomashinasi haydovchisi D.A. yil davomida ikki marotaba yo‘l belgilariga amal qilmasdan qoidabuzarlik sodir etgan. Uchinchi qoidabuzarlik ayanchli YTH bilan yakun topdi.

Mazkur YTH yuzasidan 18 avgust kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

392

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing