Samarqandda yo‘lovchi tashuvchi avtobus Niva bilan to‘qnashib, ag‘darildi

3-sahifa

image

Bugun, 26 dekabr kuni soat 05:30 larda Samarqand shahar, Gagarin va Fitrat ko‘chalari kesishmasida yo‘lovchi tashuvchi avtobus va Niva rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. bu haqda YHXBB xabar berdi.

To‘qnashuv natijasida yo‘lovchi tashuvchi avtobus ag‘darilib ketgan.

To‘qnashuv natijasida yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan.

Mazkur hodisa yuzasidan Samarqand shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH avtobus

Baholaganlar

268

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing