Samarqandda YTH: ikki qurbon va bir jabrlanuvchi bor
3-sahifa
−
15 Sentabr 2020
7433Joriy yilning 13 sentyabr kuni Samarqand viloyatida yuz bergan bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi vafot etdi va bir odam shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
YTH soat 01:30 da Oqdaryo tumani “Amir Temur” MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro” M-37 avtomobil yo‘lining 37-km.da sodir bo‘lgan. Buxoro-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab Lacetti rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan Oqdaryo tumanida yashovchi 31 yoshli B.A. old tomonida harakatlanib ketayotgan Narpay tumanida yashovchi 54 yoshli O‘.Sh.ning boshqaruvidagi “PAZ-742” rusumli avtomashinaning orqa tomonidan borib urilgan.
Natijada Lacetti rusumli avtomashina yo‘lovchilari 55 yoshli B.J. va 49 yoshli A.A.lar turli darajada tan jaroxati olib, hodisa joyida vafot etgan. Bundan tashqari, Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi B.A. ham olgan tan jarohati bilan tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur yo‘l transport hodisasi bo‘yicha viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi