Samarqandda yosh er-xotin is gazidan vafot etdi
3-sahifa
−
20 Oktabr 2020
9485Kunlar sovishi bilan O‘zbekistonning turli hududlaridan odamlar is gazidan vafot etgani haqida xabarlar kela boshlaydi. Bu yil ham boshqalaridan o‘zgacha bo‘lmadi.
Joriy yilning 13 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yosh er-xotin is gazidan vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Paxtachi tumani, Istiqlol MFY, Yuksalish ko‘chasida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan Sh.I. hamda uning turmush o‘rtog‘i 1996 yilda tug‘ilgan Z.G‘. yashash uyi yotoqxonasiga o‘rnatilgan qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechidan sizib chiqqan tabiiy gazdan zaharlanib vafot etishgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar