Samarqandda yangi institut tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:

•    Fanlar akademiyasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Milliy arxeologiya markazi;
•    Arxeologik tadqiqotlar instituti negizida Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti. 

Markazning asosiy vazifalaridan biri arxeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yo‘naltirish va arxeologik izlanishlarda zamonaviy tadqiqot uslublarini keng qo‘llashdan iborat.

Qarorga ko‘ra, ochiq osmon ostidagi muzeylarda va arxeologiya namoyishi ob’ektlarida davlat-xususiy sheriklik shartlarida:

•    tashrif buyuruvchilarga kirish chiptalari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sotiladi;
•    milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdo shaxobchalari, shu jumladan ularni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari tashkil etiladi;
•    zamonaviy sanitariya-gigiyena shaxobchalari tashkil etiladi.

2021 yildan boshlab har ikki yilda bir marta Namangan viloyatida Axsikent yodgorligi asosida keng xalq ommasiga tarix bilimini targ‘ib etish hamda turizmni rivojlantirish maqsadida “O‘tmishga sayohat” xalqaro tarixiy-madaniy festival o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

arxeologiya

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing