Samarqandda yana bir universitet filiali ochiladi
Jamiyat
−
18 mart 2019
6667Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Loyihaga ko‘ra, Filialning asosiy vazifalari etib hududda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan yaqin hamkorlikda viloyatda ehtiyoj yuqori bo‘lgan quyidagi va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha malakali iqtisodchi kadrlarni tayyorlash belgilangan:
- “Raqamli iqtisodiyot”;
- “Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti”;
- “Agrobiznes va marketing”;
- “Buxgalteriya hisobi va audit” va b.
Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
- davlat byudjeti mablag‘lari;
- to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
- xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushumlar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
- xalqaro grantlar;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Qaror loyihasida Filialga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2019–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda qabul kvotalarini belgilash huquqi berilgan.
LiveBarchasi