Samarqandda yana haydovchi YPX xodimini sudrab ketdi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 4 fevral kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida Cobalt rusumli mashina haydovchisi yo‘l-patrul xizmati xodimining talablariga bo‘ysunmay, uni mashina eshigida sudrab ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, tuman hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 34-kilometrida xizmat olib borayotgan xodim taqiqlangan joyda to‘xtab turgan Cobalt rusumli avtomobil yoniga boradi va haydovchidan avtomobilning tegishli hujjatlarini so‘raydi. Haydovchi esa xodimning talablariga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettiradi. Shundan so‘ng, xizmat olib borayotgan xodim avtomobilni to‘xtatish uchun mashina eshigiga osilib oladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Cobalt mashinasi YPX xodimini sudrab ketayotgani aks etgan.

“Kecha men xodimga bo‘ysunmasdan mashinani haydab ketdim, lekin baribir ularning qo‘liga tushdim. Yo‘l patrul xizmati xodimidan qochib, qamoqqa keldim”, degan haydovchi.

Mazkur holat yuzasida Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 19-moddasi 1-qismi (Mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 yanvar kuni Samarqand shahrining Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida xizmat faoliyatini olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimi tomonidan shu yo‘nalish bo‘ylab davlat raqam belgisiz Onix haydovchisiga sezilarli va hushtak yordamida to‘xtash ishorasi berilganda haydovchi inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, uning ustiga haydab, tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringandi.


Maqola muallifi

Teglar

YPX Samarqand haydovchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing