Samarqandda “yama”da cho‘milgan bloger qamaldi (video)
3-sahifa
−
25 mart
20978Samarqand viloyatida “yama”da cho‘milayotganini videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan erkak 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Videoda erkak Samarqand viloyatining Urgut shahrida ekanini, yo‘llardagi chuqurlar “basseyn”dek bo‘lib yotganini ta’kidlagan.
“Mashina tushib ketib, baloni yirtilib ketdi. Hatto cho‘milishingiz ham mumkin. Hozir cho‘milib ko‘rsataman”, degan erkak videoda.
Sud majlisida blogerga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, 10 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
QALAMPIR.UZ manbasining ma’lum qilishicha, hozirda Urgutdagi chuqur yamalmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumani Qambarniso ko‘chasida joylashgan “Lollipop” maktabgacha ta’lim muassasasida ishlaydigan tarbiyachilar yo‘ldagi chuqurlarni yamagandi.
LiveBarchasi