Voyaga yetmagan bolaning umriga zomin bo‘lgan mast haydovchiga jazo tayinlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Ishtixon tumani Shayxlar qishlog‘idan o‘tgan magistralda yo‘l-transport hodisasi sodir etgan va voyaga yetmagan bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda "Samarqand" telekanali lavhasida xabar qilindi.

“Hoshim avtotrans”MCHJga qarashli avtobus haydovchisi B.M. ehtiyotkorlik choralarini unutib, ikki nafar voyaga yetmagan bolani bosib ketgan. Natijada L.E. hayotdan ko‘z yumdi, B.A. og‘ir tan jarohati oldi.

“O‘g‘lim o‘rtog‘i bilan do‘konga sovg‘a olishga ketayotgan bo‘lgan. Avtobus haydovchisi mast holatda ularni bosib ketgan. Men tez tibbiy yordam bo‘limida ishlayman. Stansiyamizga chaqiriq tushdi. Voqea joyiga yetib bordik yetib borganimizda o‘g‘lim yo‘lning chetida bosh miya ochiq jarohati, qo‘l-oyoq sinishi, ezilgan yirtilgan jarohatlar bilan yotgandi. Voqea joyida vafot etganining guvohi bo‘ldim”, deydi qurboning otasi.

Mazkur holat bo‘icha o‘tkazilgan ochiq sud majlisida ayblanuvchi B.M. 5 yil ozodlikdan, 2 yil transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud YTH

Baholaganlar

298

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing