Samarqandda uy olish uchun bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol qamaldi

3-sahifa

image

Samarqandda uy sotib olish niyatida voyaga yetmagan bolasini 6 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol 5 yilga qamaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Paxtachi tumanida ayol 6 yashar farzandini 6 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan. Talab qilingan puldan 4 ming 400 AQSH dollarini olib, farzandini berayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. 

Ma’lum qilinishicha, ayol uy sotib olish maqsadida bolasini sotmoqchi bo‘lgan. Qolaversa, uning yana uch nafar farzandi bor. 

Ayolga Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 57-moddasini qo‘llab, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Voyaga yetmagan farzandi esa mehribonlik uyiga topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi

Baholaganlar

88

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing