Samarqandda Umraga noqonuniy yuborish bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Samarqand shahrida Umra safariga yuborishga vakolati bo‘lmasa-da, 2 kishini aldab ularda Umra safari uchun 3300 dollar olayotgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, bir fuqaro moddiy manfaat evaziga o‘zining firmasi orqali noqonuniy ravishda fuqarolarni Umra ziyoratiga yuborayotganini bildirgan. Ushbu arizaga muvofiq, Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yil 10 aprel kuni Samarqand shahar Narpay ko‘chasida o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro ikki kishini Umra ziyoratiga yuborishga kelib, ulardan 3300 dollar miqdordagi pullarni olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, gumonlanuvchining ish joyi yuzasidan tegishli tashkilotlardan ma’lumot olinganda, u ishlaydigan mas’uliyati cheklangan jamiyat 2024 yil 23 apreldan buyon faoliyat yuritayotgani va uning Umra vizasi olib berishga vakolati yo‘qligi aniqlangan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona shahrida Umra safariga jo‘natishga vakolati bo‘lmagan shaxs Umra ziyorati uchun aka-singildan 1100 dollar olayotganda qo‘lga tushgandi. Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-modda (Firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Umra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing