Samarqandda uka o‘z akasini otib o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Samarqandda ariqdan suv o‘tkazish masalasida chiqqan janjal ortidan uka o‘z akasini ov miltig‘i bilan otib o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, joriy yilning 12 fevral kuni soat 11:30 larda Narpay tumani, “Ho‘jakarzon” mahallasidagi fermer xo‘jaligi hududida A.S. ariqdan suv o‘tkazish masalasida akasi U.S. bilan janjallashib qolgan. Ushbu kelishmovchilik vaqtida A.S. o‘ziga tegishli “IJ-18” rusumli ov quroli bilan U.S. ga bir marotaba o‘q uzib, uni qasddan o‘ldirgan.

Sud-tibbiyot ekspertiza bo‘linmasining dastlabki ma’lumotida, marhum U.S. ning tanasida, ya’ni kalla, yuz, bo‘yin a’zolarining ochiq shikasti, peshona chap lunj ikkala yelka bo‘g‘ini old yuzasi, o‘ng yelka sohalarida ov qurolidan o‘qli shikastlanish, ochiq kalla miya shikasti, peshona suyagini ochiq sinishi, bosh miya to‘qimasini o‘qli shikastlanishi, yuz suyaklarini ochiq parchalanib sinishi, 4 va 5 bo‘yin umurtqalarini parchalanib sinishi, orqa miyani o‘qli shikastlanishi tashxisi qo‘yilib, uning o‘limi tashqi qon ketishidan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan joriy yil 12 fevral kuni Narpay tuman prokuraturasi tomonidan A.S. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida 32 yoshli erkak ov miltig‘i bilan o‘zi bilan birga ov qilish uchun chiqqan do‘stini otib qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Qasddan odam o'ldirish ov quroli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing