Samarqandda o‘quvchining onasi o‘qituvchiga tarsaki tushirdi
3-sahifa
−
19 mart
7355Samarqand viloyatidagi maktablardan birida o‘quvchining onasi o‘qituvchining yuziga tarsaki tushirdi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joriy yilning 17 mart kuni soat 10:47 larda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 93-maktabda sodir bo‘lgan. Avvaliga ona o‘qituvchi bilan janjallashgan. Shundan so‘ng u o‘qituvchining yuziga tarsaki tushirgan.
“Ayni paytda holat huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda ayol o‘quvchilar ko‘z o‘ngida o‘qituvchini kaltaklagandi. Pedagogga nisbatan fuqaroning qo‘pol muomalada bo‘lgani sabab yuzaga kelgan hamda jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo‘lgan holat viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilgan va tegishli chora ko‘rilgan.
LiveBarchasi