Samarqandda o‘qituvchi do‘pposlab o‘ldirildi
Jamiyat
−
27 noyabr 2019
19157O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Samarqandlik o‘qituvchi 15 kishi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda” mazmunidagi xabarlarga rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 20 noyabr kuni soat tahminan 03:40larda Samarqand shahar, Beruniy ko‘chasida 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro Jo‘rabek M. Sheriklari 1994 yilda tug‘ilgan Doniyor S. (sudlangan, haydovchi) va 1997 yilda tug‘ilgan Muxammad K. (sudlangan, ishchi) bilan oldindan jinoiy til biriktirib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, shahardagi 42-sonli umumta’lim maktab o‘qituvchisi Izzatilo M. bilan hech bir sababsiz janjallashib, janjal vaqtida qo‘l va oyoqlari bilan uni bosh qismi va tanasining turli sohalariga bir necha marotaba qasddan urib, hayoti uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazishgan.
Natijada Izzatilo M. shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning ma’lumotiga ko‘ra, Izzatilo M.da “og‘ir yopiq KST, bosh miyaning og‘ir darajali lat yeyishi” tashxisi qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni Samarqand shahar IIO FMB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilgan.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan 2019 yil 23 noyabr kuni Izzatilo M. jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
2019 yil 23 noyabr kuni Djurabek M., Doniyor S. va Muxammad K.lar JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Samarkand viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
LiveBarchasi