Samarqandda uchta mashina to‘qnashdi. Qurbon bor

3-sahifa

image

Samarqandda Damas Nexia va Gentra ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Hodisada bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB Axborot xizmati  xabar  qildi.

Joriy yilning 29 noyabr kuni "Samarqand-Buxoro" yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Damas rusumli avtomobil orqa tomoniga Nexia avtomashinasi urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. 

Bu hodisani rasmiylashtirish jarayonida Jizzax-Samarqand yo‘nalishida kelayotgan Gentra haydovchisi tezlikni oshirishi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan va Damas avtomobiliga urilgan. Oqibatda Damas ag‘darilib ketgan va haydovchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. 

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand mashina

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing