Samarqandda to‘rt farzandning onasi o‘zini balandlikdan tashlamoqchi bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida to‘rt nafar farzandning onasi o‘zini balandlikdan tashlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayev ma’lum qildi.

Bildirilishicha, bugun, 27 may kuni soat 16:00 lar atrofida Samarqand shahrining Siyob kanali ko‘prigida 1998 yilda tug‘ilgan, 4 nafar farzandning onasi o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgan.

Surishtiruv ishlari davomida hodisaga rashk sabab bo‘lgani aniqlangan.

IIB xodimlari tomonidan ayol bilan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlaridan so‘ng u niyatidan qaytgan va patrul-post xizmati hamda FVB xodimlari tomonidan qutqarib olingan.

“Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida bir yigit ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand IIB FVB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing