Samarqandda turmushga chiqmagan qiz haqida nojo‘ya gap tarqatgan yigit o‘lasi qilib kaltaklandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida ota sherigi bilan qizining sha’nini bulg‘ovchi ma’lumotlar tarqatgan shaxsni kaltakladi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 2 mart kuni soat 21:00 da 43 yoshli G‘afur S. ukasi 37 yoshli Shavkat S. bilan Urgut tumanida joylashgan “Korzinka.uz” savdo markazi oldida 29 yoshli Hasan O‘.ni oldindan davom etib kelayotgan kelishmovchilik sababli, tanasining turli joylariga qo‘l va oyoqlari hamda tayoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida, Hasan O‘.da og‘ir tan jarohatlari aniqlanganligi ko‘rsatilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Hasan O‘., G‘afur S.ning turmushga chiqmagan qizini sha’nini bulg‘ash maqsadida, gap so‘z tarqatib yurganligi sababli ushbu jinoyat sodir bo‘lgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G‘afur S. va Shavkat S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “k,l” bandlari (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Tergov departamenti xabarida kaltaklangan Hasan U. qiz bolaning sha’nini bulg‘ovchi ma’lumotlar tarqatgani fakti bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilgani yoki o‘tkazilayotgani haqida ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Samarqand

Baholaganlar

843

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing