Samarqandda turkiyalik va o‘zbekistonlik quruvchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
06 noyabr 2019
11888Samarqand viloyatida o‘zbekistonlik va turkiyalik quruvchilar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Bugun, 6 noyabr kuni Samarqand shahar “Qora suv” massivi “Obod Maskan” mahallasi hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan Turkiya davlati va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qurilish maydoni hovlisida o‘zaro kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida urishib janjallashishgan.
Oqibatda 3 nafar Turkiya va 1 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tan jarohatlari olishgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda O‘zbekistonda barpo etilayotgan ko‘plab yangi uylar, xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida turkiyalik quruvchilar ishlamoqda. "Tashkent city" va "Olmazor city" shular jumlasidandir.
LiveBarchasi