Samarqandda Turkiya fuqarosi yuk mashinada piyodani urib yubordi

3-sahifa

image

Jizzaxdan Samarqandga kelgan va mast holda tog‘asining uyidan chiqqan fuqaro YTHga uchrab vafot etdi. Uni Turkiya fuqarosi yuk mashinasida urib yuborgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB Axborot xizmati ma’lum qildi

Joriy yilning 12 noyabr kuni, taxminan soat 05:00 da Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidan o‘tgan Buxoro-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Turkiya Respublikasi fuqarosi boshqaruvidagi yuk mashina yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan fuqaroni urib yuborib YTH sodir etgan. 

Piyoda olgan jarohati sabab Oqdaryo tumani tibbiyot birlashmasiga olib borilib, ko‘rsatilgan tibbiy xizmatga qaramasdan 08:00 lar atrofida hayotdan ko‘z yumgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, piyoda Jizzax viloyati fuqarosi bo‘lib, Samarqand viloyati “Yangiqo‘rg‘on” MFY hududida istiqomat qiluvchi tog‘asining uyiga kelib, spirtli ichimlik ichgan va mast holda mashinalar qatnovi gavjum bo‘lgan katta trassaga chiqqan. Bu hodisaga piyoda mast holda yo‘lning belgilanmagan, o‘tish taqiqlangan qismidan kesib chiqqanligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

“Yomg‘ir yog‘ayotgan tong edi. Yuk mashinasi boshqarib ketayotganimda qarshimdan bir inson chiqib qoldi, mashinani to‘xtatishga ulgurmadim va uni urib yubordim. So‘ng zudlik bilan tez yordam va politsiyaga qo‘ng‘iroq qildim. Ular tezda yetib kelishdi”, deydi yuk mashinasi boshqaruvida bo‘lgan Turkiya fuqarosi. 

Ma’lum bo‘lishicha, YTH sodir bo‘lgan yo‘l qurilganiga deyarli 40 yil bo‘lgan, mablag‘ yetishmasligi sabab uni yangi qoplama bilan qoplashning iloji bo‘lmagan. 

“YTH sodir bo‘lgan yo‘l 1982-1983 yillarda qurilgan bo‘lib hozirga qadar to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilmagan. Faqat har yili qoplamada hosil bo‘lgan chuqurchalarni yamash, yo‘l belgilarini o‘rnatish, eskirgan yo‘l belgilarini almashtirish kabi ishlar amalga oshirilgan. Hodisa ro‘y bergan hududda maxsus piyodalar o‘tish yo‘lakchasi mavjud bo‘lgan, lekin piyoda qoidalarga amal qilmasdan mast holatda yo‘lni kesib o‘tgan”,  deydi Samarqand viloyati IIB YHXB xodimi Xoljigit Umarov.

Yuk mashinasi haydovchisi hujjatlari tekshirilganda kamchiliklar aniqlanmagan. YTH natijasida yuk mashinasiga oz miqdorda moddiy zarar yetgani aytilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH YHXB IIB

Baholaganlar

166

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing