Samarqandda tez tibbiy yordam markazi “zamdirektor”i pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand shahrida ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan tez tibbiy yordam xizmati direktori o‘rinbosari pora olayotganda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Huquq tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialining o‘rindoshlik asosida yangi texnologiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari T.M. fuqaro X.ni tanishlari yordamida Samarqand shahridagi 4-sonli tug‘uruqxonaga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya pora Samarqand

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing