Samarqandda tadbirkorning 6,4 mlrd so‘m mablag‘ini qimorda yutqazgan hisobchi ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Samarqand shahrida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tadbirkorning so‘m pulini yutqazib qo‘ygan hisobchi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Ph.l.” MCHJda hisobchi lavozimida ishlagan B.M. bank elektron kalitlaridan foydalanib, MCHJning 6,4 milliard so‘m mablag‘ini soxta ma’lumotlarni rasmiylashtirish orqali o‘zining nomiga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazib olishga erishib, ushbu mablag‘larni internet tarmoqlaridagi qimor o‘yinlarida yutqazib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida o‘zgalar nomiga kredit olib, pulni onlayn qimorga tikib yuborgan 16 yoshli bolaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yigit har bir odam nomiga 15-20 million so‘mdan jami 100 million so‘m miqdorida kredit rasmiylashtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand hisobchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing