Samarqandda sportchini bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi

Sport

image

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati Urgut tuman sudida qoidalarni buzgan holda harakatlanib, yosh yigitning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi. Bu haqda  Oliy sud matbuot kotibi o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Urgut tuman sudida Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sudlanuvchiga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Hodisa shu yil 20 avgust kuni tungi soat 1  ga yaqinlashib qolganda tumanning “Bog‘ishamol” MFY hududida yuz bergan. Katta tezlikda harakatlanib kelayotgan Malibu-2 avtomobili yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olgan va haydovchi tomonidan zudlik bilan tibbiyot birlashmasiga yetkazilganiga qaramay, vafot etgan.

Marhumning otasi sudda farzandi muntazam sport bilan shug‘ullanganini va bir nechta xalqaro musobaqalarda ishtirok etganini aytib o‘tdi.

Sudning hukmiga ko‘ra, 3 yilga muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan holda, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

sportchi Samarqand Urgut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing