Samarqandda Sport boshqarmasi mansabdori pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyat Sport boshqarmasi mansabdori 3 400 AQSH dollari pora olayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1994 yilda tug‘ilgan Samarqand viloyat Sport boshqarmasi Milliy va noolimpiya sport turlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bosh mutaxassisi K.Sh. mahalliy fuqarolardan biriga “Yaxshi xizmatlari uchun fidoyi inson” ko‘krak nishonini olib berish uchun 1 000 AQSH dollari, boshqa bir fuqaroni esa mansabdor tanishlari orqali Qarshi xalqaro universitetining 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 2 400 AQSH dollari talab qilgan.

U fuqarolardan jami 3 400 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora sifatida olayotgan vaqtda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, hozirda ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi hamda O‘zbekiston shaharsozlik bo‘yicha loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti arxitektori ham pora bilan ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Samarqand Sport boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing