Samarqandda sel kelib, mashinani oqizib ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 9 may kuni tunda Samarqand viloyati Samarqand tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida toshqin yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Yuqori Ohalik” MFYda qisqa muddatli ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘ishi natijasida ushbu hududidan oqib o‘tuvchi soyga yomg‘ir suvlari sig‘may, toshib chiqish holati yuzaga keldi.

Hodisa oqibatida taxminan soat 23:30 larda ushbu maxallada yashovchi fuqaro M.A.ga tegishli bo‘lgan Jiguli “VAZ-21011” rusumli avtomobil yashash uyi yaqinidagi soy suv yo‘lida qolganligi sababli kelayotgan yomg‘ir suvlari uni taxminan 40-50 metr masofaga surib borgan, natijada avtomobilga qisman  zarar yetgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan tuman FV bo‘limiga fuqarolar tomonidan murojaatlar kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Jizzax viloyatining Forish tumanida sel kelishi oqibatida besh kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sel

Baholaganlar

191

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing