Samarqandda sayyohlarga kuch ishlatgan IIB xodimlariga jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Samarqandda qozog‘istonlik sayyohlarga kuch ishlatgan 2 nafar IIB xodimi ishdan bo‘shatildi, ularga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Samarqand viloyat IIB boshlig‘i ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida 2 nafar xodim ichki ishlar tizimidan ishdan bo‘shatilgani va ularga nisbatan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 maydan 21 mayga o‘tar kechasi Samarqand shahrida tungi xizmatga jalb etilgan Samarqand shahar IIB Patrul-post xizmati xodimlari, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonga mehmonga kelgan sayyohlarning shaxsini tekshirish jarayonida qo‘pol munosabatda bo‘lib, xizmat vazifasini va maxsus-texnik vositalarni qo‘llash vakolatini suiiste’mol qilgan.

Qozog‘iston TIV holatga munosabat bildirib, O‘zbekiston tomonidan holatga aniqlik kiritshni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand sayyoh

Baholaganlar

364

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing