Samarqandda Prezident farmoniga zid ravishda qimmatbaho chinor kesib tashlandi
Jamiyat
−
08 fevral 2021
9996O‘zbekistonda daraxt va butalarni kesishga o‘rnatilgan moratoriy muddati uzaytirilganiga qaramay, Samarqadda chinor daraxti boltalandi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologik partiyasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand tumanida joylashgan “Sulfakabutak” mahallasining Sulfakabutak va X.G‘iyosov ko‘chalari kesishgan qismida joriy yilning 7 fevral kuni 1 tup qimmatbaho chinor daraxti kesilgan. Holat yuzasidan ekologik reyd o‘tkazilgan.
O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, ushbu chinor daraxti ko‘chani kengaytirish maqsadida mas’ullar topshirig‘iga asosan noqonuniy tarzda kesib tashlangan.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi noqonuniy ravishda qimmatbaho chinor daraxtini kesgan shaxslarga va topshiriq bergan mas’ullarga tegishli qonuniy chora ko‘rilishini, shuningdek, kesilgan daraxt o‘rniga kompensatsiya tariqasida 100 tup ko‘chat ekilishini ta’minlanishini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 fevraldagi №PF-6155-son farmonini 24-bandi, b-qismiga muvofiq respublikada davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilishiga joriy etilgan moratoriyning amal qilish muddati 2021 yil 31 dekabrgacha uzaytirilgan. Shuningdek, noqonuniy kesilgan daraxt va butalar uchun uch yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup ko‘chat ekish majburiy etib belgilandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr