YHXBB “prava”si yo‘q odamga jarima qog‘ozi yuborilganiga izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqda Samarqandda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan fuqaroga jarima kelgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan YHXBB xabar berdi.

O‘rganish o‘tkazilganda 2019 yil 8 iyul kuni Samarqand viloyati IIB YHXB YPX xodimi F.Xudoyberdiyev tomonidan Samarqand shahar, M.Ulug‘bek ko‘chasida piyodalarga yo‘l bermasdan harakatlangan “SAZ HC40” rusumli avtobus haydovchisi Saidisroil Tohirovga nisbatan belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Viloyat IIB YHXB YPXB ma’muriy amaliyot xodimi O.Mo‘minov tomonidan fuqaro Saidisroil Tohirovga nisbatan tuzilgan bayonnoma KAAT markazlashgan dasturiga kiritilishi vaqtida xodimning e’tiborsizligi sabab Ishtixon tumani, Zarband QFYda yashovchi fuqaro Sardor Toirov ma’lumotlari bilan tizimga xato kiritilgan va jazo qo‘llash to‘g‘risidagi jarima qarori chiqarilgan.

Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Zarband QFYda yashovchi fuqaro Sardor Toirovga nisbatan chiqarilgan qaror belgilangan tartibda bekor qilingan. Boshqarma xatolikka yo‘l qo‘ygan xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligini ma’lum qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun uzr so‘ragan.

Avvalroq, Sirdaryoda 3 yil muqaddam vafot etgan odamga jarima tayinlangani haqida xabar bergan edik. YHXBB holatga aniqlik kiritib, jarimani bekor qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima

Baholaganlar

381

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing