Samarqandda poyezd urib ketgan erkak halok bo‘ldi
3-sahifa
−
19 fevral 2021 12116 1 daqiqa
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida poyezd urib ketgan 44 yoshli fuqaro hodisa joyida halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.
Erkakning jasadi 14 fevral kuni soat 22:40 da Pastdarg‘om tumanidagi “Juma” temir yo‘l bekati yaqinida topilgan.
Ma’lum qilishicha, 1977 yilda tug‘ilgan S.S. temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotganida o‘z ehtiyotsizligi tufayli Toshkent—Samarqand—Buxoro yo‘nalishida qatnovchi “Sharq” yo‘lovchi poyezdi urib ketgan.
Natijada uning bel, qo‘l va oyoq qismlaridan tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.