Samarqandda pora olgan MIB xodimi qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida 500 dollar pora olgan Majburiy ijro byurosi xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi moddiy manfaatdorlik evaziga fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining javobgar shaxsga nisbatan bank tomonidan belgilangan 117 mln 804 ming so‘m qarzdorlikni bank foydasiga undirish haqidagi fuqarolik ishi bo‘yicha chiqarilgan ijro varaqani sud tizimida ishlovchi tanishlari orqali bekor qilishni va’da qiladi.

Shuningdek, u sud ishni ko‘rib chiqqani uchun belgilangan davlat bojidan go‘yoki ozod qilish, javobgarning avtotransport vositasiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashini ham aytib, evaziga 500 AQSH dollari berishini so‘raydi. U talab qilgan pul mablag‘ini o‘zining tanishi orqali olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Byuroning viloyat boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik sho‘’basi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda davlat ijrochisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28 (Jinoyat ishtirokchilarining turlari) orqali 211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 14,3 mln so‘m va 450 dollar pora olgan Majburiy ijro byurosi ijrochisi 6 yilga qamalgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand MIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing