Samarqandda otasini qaychi bilan o‘ldirgan yigit 15 yilga “kesildi”

3-sahifa

image

Samarqandda spirtli ichimlik ta’sirida otasini qaychi yordamida o‘ldirgan yigitga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Unda aytilishicha, voqea Nurobod tumanida 2022 yil 18 dekabr kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni tunda ota-bola mast holatda bo‘lgan va ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Yigit otasining peshona, yuz va boshqa qismlariga qo‘li bilan urib, jag‘ tishlarini sindirgan. Shundan so‘ng u otasini bo‘g‘ib, deraza tokchasida turgan qaychini bo‘yniga sanchib, uning joniga qasd qilgan.

Sudda yigit o‘z aybiga iqror bo‘lar ekan, nima uchun otasini o‘ldirganini tushuntirgan.

“Onamni kasal qilib o‘ldirdi. Shu ish yaxshimi? Otasi tirik bo‘la turib, yetim o‘sish nima ekanligini men bilaman. Bolalikdan akalarim bilan mehnatda ulg‘aydik. Onamning o‘limidan keyin bu men sababli bo‘ldi, deb biror marta o‘ylamadi”, deydi yigit.

Sudning oxirgi xulosasiga ko‘ra, ayblanuvchiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi ikkinchi qismi “v, j” bandlari bilan 15 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand spirtli ichimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing