Samarqandda oltin konidan ko‘p miqdorda tuproq tashib ketayotgan kishilar ushlandi
Jamiyat
−
12 iyun 2020
10963Joriy yilning 7 may kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida “Qoraqo‘tan” oltin konidan tuproq o‘g‘irlayotgan 40 ga yaqin odam ushlandi. Bu haqda Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xabar berdi.
Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi 11-alohida otryadi va Paxtachi tuman IIB xodimlari hamkorligida konning 112-sonli ochiq kareri tushib tekshirilgan. U yerda 39 ga yaqin fuqarolar tomonidan 200 ta polietelin qoplarga joylangan 6 tonna 610 kg, tarkibida oltin moddasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan toshlar hamda 10 ta turli rusumdagi avtomashinalar, 9 dona elektr uzatgich, 10 dona perfarator kabi asboblar daliliy ashyo sifatida olingan. Dalillar tuman IIBga topshirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi