Samarqandda oltin konidan ko‘p miqdorda tuproq tashib ketayotgan kishilar ushlandi
Jamiyat
−
12 iyun 2020 12087 1 daqiqa
Joriy yilning 7 may kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida “Qoraqo‘tan” oltin konidan tuproq o‘g‘irlayotgan 40 ga yaqin odam ushlandi. Bu haqda Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xabar berdi.
Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi 11-alohida otryadi va Paxtachi tuman IIB xodimlari hamkorligida konning 112-sonli ochiq kareri tushib tekshirilgan. U yerda 39 ga yaqin fuqarolar tomonidan 200 ta polietelin qoplarga joylangan 6 tonna 610 kg, tarkibida oltin moddasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan toshlar hamda 10 ta turli rusumdagi avtomashinalar, 9 dona elektr uzatgich, 10 dona perfarator kabi asboblar daliliy ashyo sifatida olingan. Dalillar tuman IIBga topshirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust