Samarqandda noqonuniy yer sotayotgan advokat ushlandi
3-sahifa
−
22 yanvar 2022 6128 1 daqiqa
Samarqandda advokat noqonuniy yer savdosi ustida qo‘lga olindi. Tezkor tadbir joriy yilning 20 yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmati va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Samarqand tumanida yashovchi, nufuzli advokatlik byurosi advokati “A.T.” o‘ziga ijara huquqi asosida berilgan Jomboy davlat O‘rmon xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 4 gektar yer maydonini mahalliy fuqaro “U.M.”ga 30 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, ko‘rsatilgan mablag‘ning 15 000 AQSH dollarini o‘z xizmat xonasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda advokat “A.T.”ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025