Samarqandda narkotik sotayotgan 68 yoshli otaxon qo‘lga tushdi (video)
3-sahifa
−
19 noyabr
5011Samarqand viloyati Urgut tumanida ilgari giyohvandlik moddasi savdosi bilan shug‘ullangani uchun qamalib chiqqan 68 yoshli fuqaro yana shu ishni qilayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, ilgari giyohvandlik moddasi savdosi bilan qo‘lga tushib, qamalgan va joriy yilning may oyida 3-mintaqaviy hudud 37-son manzilli koloniyadan ozod bo‘lgan 68 yoshli fuqaro yana narkotik savdosi bilan shug‘ullanayotgan vaqtida ushlangan. Manzil koloniyasi tezkor qidiruv xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida fuqaro ozodlikka chiqqanidan so‘ng mo‘may pul topish maqsadida yaqin qarindoshlari orqali qo‘shni Tojikiston Respublikasidan giyohvandlik moddasini aylanma yo‘llar orqali olib kelgani aniqlangan.
Samarqand viloyati Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu fuqaro tadbirga jalb etilgan shaxsga 60 mln so‘m pul evaziga 200 gramm giyohvandlik moddasini sotayotganda koloniya tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
“Avvalgi ishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan ushbu shaxs yana ancha vaqtini panjara ortida o‘tkazadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning oktyabr oyi davomida O‘zbekistonda 255 kg 420 gr giyohvandlik vositalari noqonuniy muomaladan chiqarilgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi